FVV ogohlantiradi:
13 sentyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 27-32*S issiq bo'ladi.

YONG‘INNI BARTARAF ETISHDA SUV MANBALARINING O‘RNI

Ma'lumki, yong‘inni bartaraf qilishda suv manbalarining o‘rni beqiyos.
Bu, o‘z navbatida, yong‘in-qutqaruvchilariga qator qulayliklar yaratib, olovni tezkorlik bilan bartaraf etish imkonini yaratadi. Qarshi shahar hududidagi yerosti suv quduqlarining bugungi holati soha vakillari va boshqa mutasaddi idoralar xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirildi.
Ma'lumot o‘rnida, bugungi kunda Qarshi shahri hududida jami 512 ta yerosti suv olgichlari mavjud bo‘lib, ularning aksariyat qismi nosozligi yoki e'tiborsizlik oqibatida chiqindi bilan to‘lib qolgan. Mazkur hol yong‘in paytida keragidan ortiq noqulayliklarni yuzaga keltirmoqda. Jumladan, Qarshi shahar 4-mitti tumani Uy-joy kommunal Servis XUJMShga qarashli ko‘p qavatli uylar atrofidagi yerosti suv quduq (gidrant) larining ayrimlari ta'mirtalab. Mazkur quduq shahar Suvoqova korxonasi va qutqaruvchilar hamkorligida ta'mirlanib, qisqa vaqt ichida soz holga keltirildi.
Qarshi shahar 5-mitti tumanidagi Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘ini binosi yonida joylashgan suv qudug‘i ham himoya qopqog‘i yo‘qligi sabab chiqindilar bilan to‘lib qolgan. Quduq soha vakilari tomonidan tozalanib, ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.
Soha vakillari tomonidan shu kunning o‘zida Qarshi shahridagi 3 ta asosiy ko‘chadagi 40 ga yaqin yerosti suv quduqlari ko‘zdan kechirilib, o‘rganishlar davomida aniqlangan nosoz suv quduqlarining ro‘yxati shakllantirilli. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida mutasaddi idoralarga taqdimnomalar kiritildi.
Bu kabi tadbirlar hozirda davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech