2019 yilning 6 fevral kuni soat 00.02 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Mirobod tumani Yаngi qo‘yliq ko‘chasida “GENTRA” rusumli avtoulovi boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetidagi daraxtga urilganligi to‘g‘risida xabar kelib tushadi.
Ushbu xabarga asosan boshqarma Qutqaruv otryadining qutqaruvchilari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, mashina salonida qisilib qolgan xaydovchini maxsus asbob-anjomlar yordamida chiqarib olishdi va tibbiyot xodimlariga topshirishdi. Bu orqali ular yana bir insonning hayotini saqlab qolishdi.