FVV ogohlantiradi:
7 avgust kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 35-40*S issiq bo'ladi.

VATAN HIMOYASIDAGI KITOBXON YOSHLAR

Jizzax shahridagi “Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyi”da, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari va Davlat bojxona qo‘mitasi hamkorligida “Eng yaxshi harbiy kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi.
Bellashuv g‘oyat maroqli va murosasiz kechdi. Ishtirokchilar unda o‘z bilimi va kitobxonlik madaniyatini namoyon etdilar.
Tanlovda 2 ta shart asosida bellashgan 20 nafar yosh harbiy xizmatchi 10 ballik mezonda baholandi.
Yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Jizzax viloyati FVB xodimi oddiy askar Sanjar Umurzoqov, 2-o‘rinni O‘zbekiston Milliy gvardiyasi muddatli harbiy xizmatchisi Mansurbek Tursunaliev, 3-o‘rinni Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi katta leytenanti Shaxlo Suvonovalar qo‘lga kiritdilar.
Tanlov g‘oliblariga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashining diplom va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech