FVV ogohlantiradi:
13 sentyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 27-32*S issiq bo'ladi.

SUV HAVZALARIDA CHO‘MILISH QOIDALARINI BILASIZMI?

Yozning jazirama kunlari insonlar soya-salqin joylarga talpinadi. Ayniqsa, bunday paytda mazza qilib cho‘milish tanaga huzur bag‘ishlaydi.

Sun’iy suv havzasida nazoratchilar kelganlarning salomatligi borasidagi ma’lumotnomasiz cho‘milishga ruxsat bermasligi lozim. Tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik to‘g‘risidagi ruxsatnoma 3 kungacha amal qiladi. Sun’iy suzish havzalarida cho‘milishdan oldin kishi zaruriy ko‘rsatmalarga amal qilish va albatta maxsus kiyim (rezina shlyapa, cho‘milish kiyimi, rezina oyoq kiyim, ko‘zoynak)lardan foydalanishi lozim. Bu suvning gigienik holatining yomonlashishidan saqlaydi.

Suv havzasiga tushganda quyidagi jihatlarga e’tibor bering:

– Basseynlarning kafellari sirpanchiq bo‘lsa, bu suvning eskirganidan dalolat beradi. Bunday havzalarda suv uch kunda almashtirilib borilishi lozim.

– Ota-onalar o‘z farzandini aslo kattalar uchun mo‘ljallangan suv havzalarida cho‘miltirmasligi kerak.

– Basseyn suvi 22-23 darajadan oshmasligi lozim.

– Sovuq suvda cho‘milish tomir tortishishiga olib kelishi mumkin.

Ba’zan yoz faslida manzarali favvoralarda bolalarning cho‘milish holati kuzatiladi. Aslida favvoralar cho‘milish uchun emas, balki ushbu hududdagi mikroiqlimni mo‘tadillashtirish va shahar husniga chiroy qo‘shish maqsadida foydalaniladigan inshoot hisoblanadi. Aksariyat favvoralarning suvi aylanma tarzda ishlaydi va kun bo‘yi maxsus mexanizmlar yordamida aylanadigan suvlar havo tarkibidagi changlar orqali ifloslanadi. Bundan tashqari, manzarali favvoralarning suv otib beruvchi temir moslamalar bolalarning cho‘milishi va suvga sakrashlari paytida ularga tan jarohati etkazishi ehtimoldan holi emas. SHuning uchun ota-onalar farzandlarining favvoralarda emas, aksincha, shahrimiz xududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha shart-sharoitlarga ega, maxsus tekshiruvdan o‘tkazilgan cho‘milish hovuzlarida cho‘milishlarini ta’minlasa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech