FVV ogohlantiradi:
15-19 iyul kuni O'zbekiston hududida ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 35-40*S issiq bo'lib shimol va janubda xamda chul xududlarida 40-42 C issiq buladi.

Sirdaryodagi vaziyat: qator viloyatlardan yuborilayotgan insonparvarlik yordami, 20 nafardan ortiq fuqarolar qutqarildi

Xabar berib borilayotganidek, jabrlangan aholiga zaruriy yordam ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligida “1250” va Sirdaryo viloyatidagi “1205” Call-center faoliyati yo‘lga qo‘yilib, murojaatlar qabul qilinmoqda. Hozirga qadar fuqarolardan jami 400dan ortiq murojaat kelib tushdi. Ularning murojaatlari bo‘yicha tizimlashtirilgan holda zarur tadbirlarni tashkil etish yuzasidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish shtabiga axborot kiritib borilmoqda.  Shu bilan birga, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari tomonidan favqulodda vaziyatdan jabrlangan aholi uchun oziq-ovqat, dori-darmon, ko‘rpa-to‘shak, qurilish materiallari, muhandislik texnikasidan iborat insonparvarlik yordamlari shakllantirilgan bo‘lib, hozirda ushbu yuklar Sirdaryo viloyatiga olib kelinmoqda.Bundan tashqari, Favqulodda vaziyatlar vazirligidan jami 1000 o‘rin sig‘imiga ega palatkalar, ko‘rpa-to‘shak va yashash jihozlari, 11 ta maxsus texnika Sirdaryo viloyatiga yuborildi. Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni belgilagan holda kuch va vositalar guruhi shakllantirilmoqda. Yana bir muhim ma'lumotlardan shuni keltirib o‘tish lozimki, yuqorida tilgan olingan tadbirlar bilan bir qatorda, qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlarida 20 nafar fuqaroning hayoti saqlab qolindi. Ularga birinchi yordam ko‘rsatilib, tibbiyot xodimlariga topshirildi.  Hozirda Sirdaryoda “Sardoba” suv ombori dambasini mustahkamlash ishlari olib borilmoqda. Vaziyat yuzasidan qo‘shimcha axborotlar berib boriladi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech