Sirdaryo viloyatida toshqindan zarar ko‘rgan hududlar jonlanmoqda. Hukumat komissiyasi tomonidan ko‘rilayotgan tezkor choralar natijasida viloyatning Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida ezgu va savobli ishlar ijobiy bo‘y ko‘rsatmoqda.
Ayni damda “Sardoba suv ombori” bilan bog‘liq favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vazyaitlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining kuch va vositalari tomonidan ishlar jadal olib borilmoqda.
Qayd etish joizki, hududlarni suv toshqinidan hosil bo‘lgan loy va boshqa chiqindilardan tozalash, yo‘l jihozlarini qayta tiklash uchun qurilish sohasidan 175 texnika hamda 416 nafar yo‘lsoz jalb qilingan holda 23561 qum shag‘al aralashmasi bilan yo‘l asosi tiklanmoqda Shuningdek, jami 24 ko‘prikda diagnostika ishlari amalga oshirilib, tahlil natijalarini olish uchun laboratoriyaga taqdim etildi.
Suv toshqini oiqibatida zarar ko‘rgan elektr, gaz va suv tarmoqlari qayta tiklanmoqda.
Ta'mirlash va tiklash ishlari uchun 51 ta'mirlash brigadasidan 300 yaqin malakali soha xodimlari, 32 maxsus va 60 xizmat avtomashinasi jalb qilindi.
Tadbir boshidan 2 podstansiya, 78 transformator punkti va 254,1 km elektr uzatish tarmoqlari, 4 619 elektr ustunlarini ta'mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilib, ishga tushirildi.
Natijada 7 987 elektr ta'minoti uzilgan aholi xonadonlaridan 7 388 tasi to‘liq elektr energiya bilan ta'minlandi.
Shuningdek, talofat ko‘rgan 12 aholi punktidan 10 tasi to‘liq barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlandi. Elektr tarmoqlarini tiklash va ta'mirlash ishlari davom etmoqda.
Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 11 aholi punktida 66 km gaz quvuri, 47 dona gaz taqsimlash qurilmasi hamda 7 550 dona maishiy gaz ballonlariga zarar yetgan. Buning oqibatlarini bartaraf etish uchun 50 nafar xodim va mutaxassis, 45 ta avtotransport vositasi jalb qilingan.
Bundan tashqari, hududlarni suvdan tozalash maqsadida, 83 ta suv tortish nasosi xarid qilinib, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga topshirilgan. 19 ta aholi punktiga doimiy ravishda 37 ta maxsus suv tashish mashinasi orqali ichimlik suvini yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.
Oqoltin tumani “Saxovat” mahallasidagi 2 dona oqava suv inshootining 3 dona nasosi ta'mirlanib, joyiga o‘rnatildi. Hududda oqava suv tizimi ishlamoqda.
Toshqin oqibatlarini barbaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.
“Sardoba”: ma'lumotlar yangi raqamlarda
- Qo'shildi: 11.05.2020
- Chop etish
- Ko'rishlar: 16825