Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

SAMARQANDDA BIR YOSHLI BOLA UYDA QULFLANIB QOLGAN: QUTQARUVCHILAR YORDAMGA KELISHDI

Hozirgi kunda tez-tez uchrab turayotgan hodisalardan biri bu – xonadon ichida qulflanib qolishdir. Oilaning ba'zi katta yoshdagi a'zolaridan biri yumush bilan tashqariga chiqqanda, uyning eshigi to‘satdan yopilib, qulflanib qoladi.


Mana shunday holat kuni kecha Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida sodir bo‘ldi. Bir yoshli qiz ko‘p qavatli uyning 3-qavatida qulflanib qolgan. Ota-onasi yordam uchun viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat qilishdi.


Qisqa muddat ichida yetib kelgan xaloskorlar maxsus narvon yordamida bino ichiga kirdilar. Eshikni ochib, bolani ota-onasiga topshirdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech