FVV ogohlantiradi:
24 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan, airim joilarda yomg'ir yog'adi. Q'oraq'alpog'iston va Xorazm viloyati bo'icha yomg'ir yog'ib, q'orga ailanishi mumkin. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'iicha kechki vaq't yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharq'dan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 4-9 C iliq' bo'ladi.

Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk oblasti, Tazovsk rayonida sodir bo‘lgan yong‘in hodisasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida “Tezkor raqamlari” ochildi

Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan xabarga ko‘ra, 2019 yilning 8 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:30da Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk oblasti, Tazovsk rayoni, “СТРОЙ ПРОЕКТ СЕРВИС” MChJga tegishli bo‘lgan, ishchilar yashashi uchun mo‘ljallangan vagon noma’lum sabablarga ko‘ra yonib ketgan.

Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida, vagonda bo‘lgan 4 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 3 nafari voqea joyida vafot etgan va 1 nafari 35 foiz kuyish tan jarohati olib, rayon markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Vafot etgan fuqarolar:

  1. Ergashev Abdumalik Yaxshilikovich, 1972 y.t;
  2. Aliqulov Safarali Suyun o‘g‘li, 1998 y.t;
  3. Djumoyev Ergash Binoyevich, 1983 y.t.

Tan jaroxati olgan fuqaro:

  1. Omanov Tolibjon Butayevich, 1966 y.t.

Hozirda mutasaddi tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda marhumlarning jasadlarini Vatanga qaytarish bilan bog‘lik tashkiliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Vafot etgan fuqarolarning yaqinlari va qarindoshlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Tezkor raqami” 78-147-10-50 ga murojaat etishlari mumkin.


O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech