FVV ogohlantiradi:
7 avgust kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 35-40*S issiq bo'ladi.

QULFLANIB QOLGAN UY ICHIDAGI 2 NAFAR BOLA QUTQARILDI

Bugun, 1 iyul kuni soat 09.30 lar atrofida Qashqadaryo viloyati FVB navbatchi-dispetcherlik xizmatiga Qarshi shahar “Darvoza tutak” mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uyning xonadonlaridan birida kirish eshigi qulflanib, u yerda 2 nafar yosh bolaning qolib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.
Zudlik bilan ma'lum qilingan joyga yetib borgan qutqaruvchilar xonadon eshigini ochib, uy ichida qolgan bolajonlarni onasiga sog‘-salomat topshirdilar.
O‘z navbatida, barcha ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz va yolg‘iz qoldirmaslikni so‘rab qolamiz!

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech