FVV ogohlantiradi:
18 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi.Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 22-27*S iliq bo'ladi.

Qashqadaryoda sayyor qabul: murojaatlarga ijobiy yechim

Kuni kecha Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Gulshanbog‘ QFYda aholini qiynab kelayotgan muammolarga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazildi.


Unda Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari general-mayor A.Qo‘ldoshev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri F.Jumaev ishtirok etdi.


Tadbirda 60 nafardan ortiq fuqaro qatnashgan bo‘lib, sayyor qabulda 36 nafar fuqarodan turli yo‘nalishdagi murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning 19 tasi joyida qanoatlantirildi, 2 ta murojaat huquqiy ma'lumot berish orqali hal etildi, 2 ta murojaat bo‘yicha fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berib o‘tildi. 17 ta murojaat tegishliligiga ko‘ra, mas'ul tashkilot va davlat organlariga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.


Qabul so‘nggida Gulshanbog‘ QFY da yashovchi kam ta'minlangan va og‘ir sharoitda yashayotgan (“Temir daftar”ga kiritilgan) 18 ta oilaning 36 nafar voyaga yetmagan farzandlariga viloyat Xalq qabulxonasi tomonidan kiyim-kechaklar topshirildi.


Shuningdek, ishtirokchilar ushbu hududda yangidan rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgan “Gulshanbog‘ g‘unchalari” nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo‘lishib, u yerda bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech