FVV ogohlantiradi:
15-19 iyul kuni O'zbekiston hududida ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 35-40*S issiq bo'lib shimol va janubda xamda chul xududlarida 40-42 C issiq buladi.

Piskent tumanining “Namuna” MFYda suv toshqinining oldi olindi

Joriy yilning 26 may kuni soat 16:00 lar atrofida Toshkent viloyati Olmaliq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga Toshkent viloyati Piskent tumanining Olmaliq shahri bilan chegaradosh bo‘lgan “Namuna” MFY hududidan oqib o‘tuvchi anhorga daraxtlarning singan shox-shabbalari tushib, anhordagi suv yo‘lining to‘silib qolganligi natijasida suv anhor qirg‘oqlaridan toshib chiqayotganligi, buning oqibatida aholi uy-joylariga xavf yuzaga kelayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga yetib borgan Olmaliq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari tomonidan yuzaga kelgan holatni zudlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Qutqaruvchilarning tezkor amaliy harakatlari natijasida xavf bartaraf qilinib, yashash uylariga zarar yetishining oldi olindi

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech