FVV ogohlantiradi:
18 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi.Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 22-27*S iliq bo'ladi.

“PAXTA-2020” Tayyorgarlik...

Ayni kunlarda respublikamiz miqiyosida bo‘layotgani kabi, Toshkent viloyatida ham “Paxta-2020” mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Viloyatning paxta yetishtiruvchi tumanlaridagi 23 ta paxtani qabul qilish punktlari hamda 8 ta paxta tozalash korxonalari viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining malakali xodimlari tomonidan qayta ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga ushbu maskanlarga biriktirilgan xodimlarning kunu-tun navbatchiligi tashkil etilib, doimiy nazorat o‘rnatilgan.


Asosiy e'tibor paxtani qabul qilish punktlarida hamda paxta tozalash korxonalarida mavjud uskunalarning holatiga, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarining sozligi va yetarliligiga, zaxira suv manbai yaratilganligiga qaratilmoqda.


Ko‘riklar davomida aniqlanayotgan kamchiliklar o‘z joyida bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech