FVV ogohlantiradi:
7 avgust kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 35-40*S issiq bo'ladi.

Ohongarondagi do‘konlarning birida kelib chiqqan yong‘in bartaraf etildi

Bugun 28 iyun kuni soat 14:15 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Ohongaron shahar, “Guliston” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uyning 1-qavatidagi do‘konda yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Buning oqibatida ushbu hududning 190 m.kv. maydoni, ya'ni, do‘konning shifti va ichki jixozlari hamda oziq-ovqat maxsulotlariga zarar yetgan.
Mazkur xabar yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, yong‘inni o‘z vaqtida bartaraf etadilar. Qutqaruvchilarning sa'y-harakatlari natijasida 90 m.kv. saqlab qolindi.
Birlamchi ma'lumotlarga ko‘ra, hodisaning kelib chiqishiga “Damas” hamda “Zil”-130 rusumli avtomobillarining to‘qnashuvi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.
Kelib chiqqan yong‘inda halok bo‘lgan va jabrlangan fuqarolar bo‘yicha ma'lumot kelib tushmagan.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech