Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Maxsus xabarnoma Rosssiya Federatsiyasiда Orlovsk oblasti Orlovsk raynida sodir bo‘lgan Yo‘l transport hodisasi buyicha.

Rosssiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan birlamchi ma’lumotga asosan 2018 yilning 11 sentyabr kuni soat 07:15 (Moskva vaqti bilan)da Orlovsk viloyati Orlovsk tumani M-2 “Qirim” avtoyo‘lining 322 kilometrida 403 marshrutda xarakatlanayotgan PAZ rusumli avtobusi  (O 66 KU 57 RUS) bilan DEU «Neksiya» rusumli engil avtomobilining (V 120 VA 116 RUS) to‘qnashuvi sodir bo‘lgan.

Yo‘l transport hodisasi natijasida voqea joyida DEU «Neksiya» avtomobilida bo‘lgan 2 nafar fuqaro vafot etgan, 1 nafar  fuqaro turli darajada tan jaroxati olib shifoxonaga yotqazilgan, dastlabki ma’lumotga asosan ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Tezkor raqamlari” (+998 71) 147-10-50.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech