FVV ogohlantiradi:
7 avgust kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 35-40*S issiq bo'ladi.

Ma'muriy tartib-taomillar takomillashmoqda

Mamlakatimizda faol rivojlanib borayotgan demokratlashtirish jarayonlarini inobatga olgan holda milliy qonunchilik yanada takomillashtirilmoqda. Jumladan, ma'muriy tartib-taomillarga oid qonunchilik zamon talablariga muvofiqlashtirilayotgani inson huquq va erkinliklarini izchil himoyalashga xizmat qiladi.Mamlakatimizda faol rivojlanib borayotgan demokratlashtirish jarayonlarini inobatga olgan holda milliy qonunchilik yanada takomillashtirilmoqda. Jumladan, ma'muriy tartib-taomillarga oid qonunchilik zamon talablariga muvofiqlashtirilayotgani inson huquq va erkinliklarini izchil himoyalashga xizmat qiladi.
Bugun yurtimizda davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish va modernizasiya qilish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish maqsadida elektron portallar va ma'lumotlar bazalari yaratildi. Xususan, ruxsat beruvchi hujjatlar hamda lisenziya olishni soddalashtirish uchun maxsus veb-saytlar ishga tushirildi. Shu bilan birga, so‘nggi yilda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlarning xolis tahlili, davlat boshqaruvi organlari faoliyati, aholi bilan ochiq hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot natijalari mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli hal etishga ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatdi.
“Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun ushbu muammolarni tizimli hal qilgan holda, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining shaffofligi hamda ochiqligini ta'minlash, jismoniy va yuridik shaxslarga axborot taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish, jamiyat hamda biznes bilan o‘zaro hamkorlik qilishda ortiqcha ma'muriy sarf-xarajatlarga barham berish imkonini yaratdi. Qonun amaliyotga tatbiq etilishi bilan davlat xizmatidagi o‘zboshimchalik, suiiste'mol qilish, korrupsiya va boshqa salbiy holatlar jiddiy kamayadi, ma'muriy jarayonning shaffofligi ta'minlanadi.
Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini, tadbirkorlik sub'ektlari va jamoat tashkilotlarining qonuniy manfaatlarini ta'minlashga oid huquqiy asoslar yaratilgan. Ma'muriy tartib-taomillarni amalga oshirish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarning faoliyati qonun hujjatlariga mos ravishda yo‘lga qo‘yilgan.
Sohaga oid qonunchilikni takomillashtirishdan ko‘zlangan maqsad ma'muriy tartib-taomillarni amalga oshirishni tartibga soluvchi normalarni tizimlashtirish va birxillashtirishdir. Bu xalqaro huquq normalariga mos keladi.
“Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun ma'muriy organlarning manfaatdor shaxslarga nisbatan ma'muriy-huquqiy faoliyatiga, shu jumladan lisenziya, ruxsat berish, ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillariga, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa tartib-taomillarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma'muriy-huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq etilishi nazarda tutilgan.
Ushbu Qonun normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish, davlat xizmatini o‘tash, referendumlar, saylovlar o‘tkazish, mudofaa, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot sohasida, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv, dastlabki tergov, jinoiy majburlov choralarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa faoliyat, sud ishini yuritish, ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish sohasida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun hujjatlari ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasiga kiruvchi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ma'muriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari qonuniylik, mutanosiblik, ishonchlilik, tinglanish imkoniyatining mavjudligi, ma'muriy tartib-taomillarning ochiqligi, shaffofligi va tushunarliligi, manfaatdor shaxslar huquqlarining ustunligi, byurokratik rasmiyatchilikka yo‘l qo‘yilmasligi, mazmunan qamrab olish, ma'muriy ish yuritishning «bir darcha» orqali amalga oshirilishi, teng huquqlilik, ishonchning himoya qilinishi, ma'muriy ixtiyoriylikning (diskresion vakolatning) qonuniyligi va tekshirish kabilardan iborat.
Qonunga ko‘ra, manfaatdor shaxslarga majburiyatlar orqali qiyinchilik tug‘dirish, faqat rasmiy qoidalar va talablarga rioya etilishi maqsadidagina ularga huquqlar berishni rad etish yoki ularning huquqlarini boshqacha tarzda cheklash ma'muriy organlarga taqiqlanadi.
Qonunda maxsus ma'muriy tartib-taomillarni belgilovchi qonun hujjatlari jismoniy va yuridik shaxslarning holatini yomonlashtirmasligi kerakligi belgilangan.
Qonunga muvofiq, ma'muriy organlar ma'muriy ish yuritishni qonun hujjatlarida o‘z vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan amalga oshiradi.
 “Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunda ma'muriy hujjatlarni qabul qilish jarayonini standartlashtirish va yengillashtirish orqali davlat organlarining fuqarolar va tashkilotlar bilan bo‘lgan munosabatlari qonuniyligini ta'minlash va shaffofligini oshirishga e'tibor qaratilgan. Zamonaviy texnologiyalar asosida davlat xizmatlarini yanada sifatli ko‘rsatish uchun sharoitlar yaratish ma'muriy to‘siq va cheklovlarni bartaraf etishga keng imkoniyatlar yaratadi. 

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech