FVV ogohlantiradi:
18 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi.Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 22-27*S iliq bo'ladi.

Majburiy mehnatni oldini olishga qaratilgan tadbirlar

Bugungi kunda mamlakatimiz bo‘ylab majburiy mehnatni taqiqlash bo‘yicha turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Qator vazirlik va idoralar tomonidan o‘tkazilayotgan matbuot anjumanlari, davra suhbatlari, seminar treninglar, targ‘ibot ishlari shular jumlasidandir.


Favqlodda vaziyatlar vazirligi ham ushbu illatga qarshi kurashishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Jumladan, huquq-tartibot organlari bilan o`zaro hamkorlikda vazirlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari shaxsiy tarkibi o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlarda ishtirokchilarga xalqaro va milliy qonunchiligimizda belgilangan normalar to‘g‘risida tushuntirishlar berib o‘tilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech