FVV ogohlantiradi:
18 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi.Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 22-27*S iliq bo'ladi.

JIZZAX VILOYATIDA KANALLARNI TOZALASH-TA'MIRLASH ISHLARI KUCHAYTIRILDI

Kanallar – tog‘li hududlarda sel xavfini kamaytiruvchi asosiy vositalardan biri bo‘lsa, qishloq xo‘jaligida sug‘orish tizimi manbai hisoblanadi. Ammo yillar davomida turli ob-havo sharoiti ta'sirida kanallar o‘z mustahkamligini yo‘qotadi. Bu esa kutilmaganda suv toshqiniga olib keladi.
Mana shunday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida, Jizzax viloyatida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Baxmal va Do‘stlik tumanlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan, ushbu hududdan oqib o‘tuvchi kanallarda yuzaga kelayotgan toshqin tufayli aziyat chekayotganliklari to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.
Murojaat yuzasidan viloyat FVB va boshqa tegishli idora hamda xizmatlar hamkorligida kanallarda ta'mirlash-tozalash ishlari olib borilib, 2 ming metrdan ortiq masofadagi kanal o‘zani tayyor holatga keltirildi.
Bundan tashqari, kanalning aholi yashash joylariga yaqin 4 ming metr uzunlikdagi o‘zanida ham mustahkamlash ishlarini olib borish rejalashtirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech