FVV ogohlantiradi:
24 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan, airim joilarda yomg'ir yog'adi. Q'oraq'alpog'iston va Xorazm viloyati bo'icha yomg'ir yog'ib, q'orga ailanishi mumkin. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'iicha kechki vaq't yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharq'dan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 4-9 C iliq' bo'ladi.

JABRLANGANLARGA YОRDAM KO‘RSATILDI

Joriy yilning 2 noyabr kuni soat 03:30larda “Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismiga “Qamchiq” dovonidan “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan, 1980 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan N.O. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 204.1 km.da boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handakka (kyuvetga) tushib ketganligi to`g`risida xabar kelib tushdi. Buning oqibatida, mashina solonidagi 3 nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatini olgan.

Mazkur vaziyat bo‘yicha, “Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasining 2-nazorat guruhi qutqaruvchilari voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borishadi. Shundan so‘ng, jarohatlangan fuqarolar Q.M., (bosh miya chayqalishi), K.S., (qorin qismida va o‘ng qo‘l shikastlanishi), N.R. (o‘ng qo‘l bilak sohasi yopiq sinishi)larga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda Angren markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.

Bundan tashqari, shu kunning o`zida, ya’ni tongi soat 04:51 larda “Qamchiq” dovonidan “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan, 1999 yilda Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilgan N.M. boshqaruvida bo‘lgan “Jiguli” rusumli avtomashina A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 222 km.da boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handakka (kyuvetga) tushib ketgan.

Voqea joyiga tezkorlik bilan “Beshqo‘l” navbatchilik maskanidan katta leytenant I.Bo‘taboyev boshchiligida 2 nafar qutqarchilar jarohatlangan fuqaro B.A.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda Angren markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.

 

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech