FVV ogohlantiradi:
24 noyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo'yicha ayrim joylarda engil qor yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8*S sovuq, kunduzi 2-7*S iliq bo'ladi.

Inson hayoti saqlab qolindi

Kuni kecha Toshkent viloyati, Bekobod tumani, Dalvarzin mahallasi hududida yangi barpo etilayotgan qurilish obyektida yuzaga kelgan vaziyat oqibatida bir nafar fuqaroning hayoti saqlab qolindi.


Voqea ushbu qurilish obyektining oqava suvlari uchun xandaq qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, mazkur xandaqni qazish ishlari yer sathidan 4 metr chuqurlikka yetganda, tuproq qatlami ko‘chib, fuqaro M.M. ustiga tushib ketadi. Ayni hodisaga guvoh bo‘lgan quruvchilar Toshkent viloyati Bekobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib, sodir bo‘lgan vaziyat haqida xabar bergan.


Zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan qutqaruvchilar fuqaroni chuqurlikdan olib chiqib, tibbiy yordam xizmatiga topshirdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech