FVV ogohlantiradi:
13 sentyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 27-32*S issiq bo'ladi.

Hushyorlik - davr talabi

Namangan viloyati Favquloda vaziyatlar boshqarmasi, Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Namangan harbiy prokuraturasi va viloyat Mudofaa bo‘limi hamda Namangan shahargaz filiali va SEOM xodimlari “Chorshanba - Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni” tadbiri munosabati bilan dezinfeksiya va profilaktika tadbirlariga jalb qilindi.
Namangan shahar hududida sodir bo‘lgan yong‘inlarning tahliliga asosan yong‘inlar ko‘paygan “Yuqori G‘irvon”, “Axsikent”, “Yangiobod”, “Uchqun” mahalla fuqarolar yig‘inlariga tadbirga jalb etilgan xodimlarga yo‘riqnomalar berib o‘tildi.
Birinchi navbatda, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda koronavirus infeksiyasining viloyat hududi bo‘ylab tarqalishining oldini olish ishlariga muhim e'tibor qaratilmoqda.
Bugun har bir fuqarodan har qachongidan hushyor, sergak bo‘lish, karantin qoidalariga qat'iy amal qilish talab etiladi.
Birgina Namangan shahrida 20 dan ortiq maxsus texnika vositalari, 200 nafar dezinfektor xodimlar mahallalar, ko‘p qavatli uylar, bozorlar va savdo rastalarida dezinfeksiya ishlarining olib borayotganliklari ushbu vazifalarning qanchalik muhim ekanligini amalda yaqqol ko‘rsatmoqda.
Profilaktika va nazorat tadbirlarida
viloyat Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya, Mudofaa ishlari boshqarmasi, Sanitariya epidemiologik osoyishtalik nazorati markazi xodimlari tomonidan shahar ko‘chalari, mahallalarda fuqarolarning ortiqcha, ehtiyojsiz ko‘chaga chiqmasliklari, uyda qolishlari, sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilishlari haqida tinimsiz targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech