FVV ogohlantiradi:
16 dekabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol shardan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 3-8C iliq buladi

HAYDOVCHILAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati tomonidan bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil 21-25 noyabr kunlari A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 m. gacha pasayashi, shamol tezligi sekundiga 17-22 m. gacha  kuchayishi,  yo‘lda qor uyumlari, yaxmalak hosil bo‘lishi kutilmoqda.                                      

Shu munosabat bilan, yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishdan oldin quyidagi mutaxassis tavsiyalariga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz:

avtomobillarning texnik holatini to‘liq ko‘zdan kechirish;

dovon orqali yetarli darajada yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan harakatlanish;

avtotexnikalarning qish mavsumida harakatlanish uchun maxsus shinalar bilan almashtirish;

haydovchilarimizning “Qamchiq” dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni yanada oshirishlari va yo‘llarda to‘xtab dam olishlari;

viloyatlararo yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, firmalar, xususiy tadbirkorlar tomonidan haydovchilar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi.

“Qamchiq” dovoni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:

“Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismi: (95) 146-87-08, (70) 662-72-49, (71) 212-70-07, (99) 837-29-38, 10-50.

 

O‘zingiz hamda yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ymang!

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech