FVV ogohlantiradi:
7 avgust kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 35-40*S issiq bo'ladi.

Gaz chaqnashi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 11 noyabr kuni Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani, “Surum” MFY, Namunali uy ko‘chasida joylashgan 1-uyda chaqnash sodir bo‘lgan edi. Buning oqibatida, 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. Bundan tashqari, 4 nafar fuqarolar turli darajadagi tan-jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibby yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

Mazkur vaziyat yuzasidan maxsus ishchi guruhi tuzilib, voqeaning kelib chiqishi sabablari o‘rganildi va taхminiy xulosa taqdim etildi. Unga ko‘ra, gaz quvurining nosozligi tufayli, tabiiy gaz yer osti orqali sizib chiqib, xonadonga tortilgan kanalizatsiya tizimi orqali xonalar ichiga to‘plangan.

Sodir bo‘lgan chaqnash oqibatida esa uyning deraza romlari, eshiklari, yotoqxonaning devorlari va shifti hosil bo‘lgan kinetik zarba natijasida deformatsiyaga uchrab, otilib ketgan va shiftdagi temir-beton plitalari qulab tushgan.

 Hurmatli fuqarolar! Gaz vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech