FVV ogohlantiradi:
7 avgust kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 35-40*S issiq bo'ladi.

Fuqaro o‘z vaqtida qutqarib qolindi

Joriy yilning 18 mart kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Tezkor raqamiga» Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Uchbov qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro tog‘li hududda yo‘qolib qolganligi to‘g‘risidagi murojaat kelib tushadi.

Shundan so‘ng, “Chimyon” qutqaruv otryadi qutqaruvchilari U.Kuliyev, D.Ochilov, F.Abdiyev va I.Mirzaaxmedovlar voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, qidiruv ishlarini amalga oshirdilar. Natijada, qutqaruvchilar tana qismiga ko‘plab jarohat yetgan fuqaroni topishga muvaffaq bo‘lishdi. Aniqlanishicha, jabrlangan fuqaro tog‘yon bag‘rida sayr qilish jarayonida ehtiyotsizlik tufayli sirpanib ketib, tahminan 4 metr balandlikdan qulab tushgan. Buning oqibatida, o‘ng oyog‘ida ochiq sinish, o‘ng qo‘li va chap oyog‘ida sinish holatlari, shuningdek, bosh qismida ham jarohat kuzatilgan. 

O‘z vaqtida yordamga kelgan qutqaruvchilar tezda jabrlangan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bilan birga uni havfsiz hududga evakuatsiya qilishadi hamda tez yordam xodimlariga topshirdilar.

Hozirgi vaqtda jabirlanuvchining ahvoli – o‘rta darajada.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan tog‘li hududlarda xavfsizlik qolidalariga rioya qilinishini so‘raydi. 

 

 

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech