FVV ogohlantiradi:
7 avgust kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 35-40*S issiq bo'ladi.

Farg‘ona va Jizzax: taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Tezkor va samarali harakat yong‘in-qutqaruvchisidan doimiy tayyorgarlikni talab qiladi. Shu maqsadda Farg‘onada shahar ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida yong‘in o‘chirish bo‘yicha taktik mashqlar bo‘lib o‘tdi. O‘quv mashqining g‘oyasiga ko‘ra, ushbu muassasaning binolaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga shaharning 3-yong‘in-qutqaruv qismining ekipajlari yetib kelishgan. Shartli alanga bir necha daqiqada bartaraf etildi.
Shunga o‘xshash taktik mashqlar Jizzax viloyati Zomin tumanida ham bo‘lib o‘tdi. Bu yerda “Vertex” trikotaj fabrikasida shartli ravishda yong‘in yuzaga keldi. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in o‘z vaqtida bartaraf etildi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, ikkala holatda ham yong‘inni o‘chirish bilan bir qatorda, odamlarni yonayotgan binodan xavfsiz hududga eavkuasiya qilish ishlari sinovdan o‘tkazildi.в

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech