FVV ogohlantiradi:
7 avgust kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 35-40*S issiq bo'ladi.

Diqqat: eʼlon!

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti 5А640103 – “Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi” mutaxassisligi bo‘yicha 2020/2021-o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul eʼlon qiladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti magistratura bosqichida kunduzgi shaklda o‘qitish bo‘yicha qabul qilish kvotasi 7 nafar (1 nafar nomzod davlat granti, 6 nafari toʼlov-kontrakt asosida) miqdorida belgilangan.

Magistraturaga quyidagi nomzodlar o‘qishga qabul qilinadi:

oliy taʼlim muassasalarining 5640100 - "Hayotiy faoliyat xavfsizligi" yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichini tamomlagan oliy maʼlumotli mutaxassislar;

Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida besh yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lgan xodimlari.

Magistraturaga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarning skaner variantini fmiqabul@umail.uz  elektron manziliga taqdim etadilar:

fuqarolik pasporti;

magistratura mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti boshlig‘i nomiga ariza;

oliy maʼlumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma – O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;

chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislar (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlar) nusxasi (mavjud bo‘lgan holda);

3.5 x 4.5 hajmdagi rangli fotosurat;

086-U-shakldagi tibbiy maʼlumotnoma;

qonun hujjatlariga muvofiq o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning asl nusxasi;

mehnat daftarchasidan nusxa (agar bo‘lsa);

idora yoki tashkilot rahbarlarining yo‘llanmasi (tegishli sohada faoliyat olib borayotganlar uchun).

Institut magistraturasiga hujjatlar 2020-yilning 3-30 iyul kunlariga qadar qabul qilinadi.

Kirish sinovlari 2020-yil 10-avgust kuni “Chet tili”, “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanlari hamda mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha test shaklida tashkil etiladi.

Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Аnaybuloq ko‘chasi 3-uy.

Tel.: 71 266-50-27. Faks: 71 266-50-23. e-mail: fmiqabul@umail.uz

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi huzuridagi

Fuqaro muhofazasi instituti qabul komissiyasi

  

 

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech