FVV ogohlantiradi:
18 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi.Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 22-27*S iliq bo'ladi.

Baxtsiz hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro halok bo‘ldi

Joriy yilning 25 avgust kuni soat 16:24larda  A-373,  “Toshkent – O‘sh” avtomobil yo‘lining 222,3 km. “Vodiy – Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan “ISUZU” rusumli yuk avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa borib urilgan. Buning oqibatida yong‘in kelib chiqib, avtomashina ichidagi haydovchi va 1 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Ushbu holatga aniqlik kiritilganda, yuk mashinaning yukxonasida 8 tonna qurilish xomashyosi, ya'ni betonga qo‘shiladigan kimyoviy eritma borligi ma'lum bo‘lgan. 

Yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan “Qamchiq” Maxsus-qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi shaxsiy tarkibi hamda maxsus texnikalari zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi. Yong‘in-qutqaruvchilarining olib borgan tezkor say-harakatlari natijasida yong‘in qisqa vaqt ichida bartaraf etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech