FVV ogohlantiradi:
12 aprel kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 17-22*S iliq bo'ladi.

Zararli chigirtkalarga qarshi kurashishi qizg‘in davom etmoqda

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Agrokimyohimoya” AJ, O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tekshirish institutining “Chigirtkalarni o‘rganish laboratoriyasi” hamkorlikda Respublikamiz hududlarida zararli chigirtkalarga qarshi kurashish tadbirlari olib borilmoqda.

Tadbirlarda zararli chigirtkalar tarqalgan maydonlarni aniqlash, kimyoviy ishlovdan o‘tkazish talab etiladigan maydonlarni belgilash hamda zarur bo‘ladigan kimyoviy preparatlar, texnikalar va yordamchi vositalar bilan maxsus ishlov berish ishlarini amalga oshirilmoqda.

Ushbu tadbirlarga 640 yaqin mutaxasislar 148 ta traktor, 325 ta qo‘lpurkagich 8 ta motodel'taplan 26 ta maxsus mashina jalb qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech