FVV ogohlantiradi:
15-19 iyul kuni O'zbekiston hududida ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 35-40*S issiq bo'lib shimol va janubda xamda chul xududlarida 40-42 C issiq buladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shahrisabz “Temurbeklar maktabi”ga pedagog-kadrlar lavozimlari bo‘yicha tanlov tartibi to‘g‘risida EʼLON

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga (keyingi o‘rinlarda – Harbiy-akademik litsey) pedagog kadrlarni tanlash bo‘yicha tanlov boshlandi.    

Tanlov 2-bosqichda – test va suhbat shaklida o‘tkaziladi. Harbiy-akademik litseyning o‘qituvchi lavozimiga o‘tkazilayogan tanlovning birinchi bosqichi (test sinovlari) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan onlayn test sinovlari tarzida o‘tkaziladi.    

Onlayn test sinovlari 2020-yilning 8-10 iyun kunlari soat 10.00da boshlanadi. Test sinovlari o‘tkazilayotgan auditoriyaga mikrokalkulyator, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalarning olib kirilishi taqiqlanadi. Otkazish joyi togrisida nomzodlarga qoshimcha ravishda maʼlum qilinadi.

Test sinovi natijalariga ko‘ra, 71 balldan yuqori ball to‘plagan nomzodlar test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi va ular tanlovning keyingi bosqichi(suhbat)ga qo‘yiladi.  

Tanlovning ikkinchi bosqichi (suhbat) 2020-yilning 12-15-iyun kunlari Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida (Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri Teparlik ko‘chasi 1-uy; Shahrisabz iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o‘rnida) o‘tkaziladi.

Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan (o‘rtacha arifmetik bali “71” va undan yuqori bo‘lgan) nomzodlar komissiya qaroriga asosan tanlovdan o‘tgan hisoblanadi va “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining o‘qituvchisi lavozimiga tavsiya etiladi.  

Tanlovga kelmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazilmaydi.  

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech