FVV ogohlantiradi:
7 avgust kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 35-40*S issiq bo'ladi.

FVV Аkademiyasiga nomzodlarni dastlabki tanlash tadbirlari amalga oshirilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 3-iyundagi 141-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Mudofaa vazirligining 2020-yil 20-iyundagi 18/24-sonli qoʻshma qarori ishlab chiqildi.

Mazkur qarorga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasiga oʻqishga nomzodlarni tanlash boʻyicha respublikamiz boʻylab beshta harbiy okrugda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari bilan birgalikda kichik komissiyalar tashkil etilib, hamkorlikda nomzodlarni dastlabki tanlash tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Bu yilgi pandemiya sharoitidan kelib chiqib, oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibiga bir qator oʻzgartirishlar kiritilganligi sababli, 2020/2021-oʻquv yili uchun nomzodlarni harbiy-professional tanlash tadbirlari bekor qilinib, shartli ravishda “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlar uchun alohida rejalar ishlab chiqildi. Hozirda hududiy Mudofaa ishlar boʻlimlarida dastlabki tanlash tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Nomzodlar dastlabki tanlash tadbirlarida individual-psixologik test, jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan va yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda.  

Hozirgi kunga qadar respublikamizning Qoraqolpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, Sirdaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Fargʻona va Jizzax viloyatlarida dastlabki tanlash tadbirlari yakunlandi.  

Mazkur tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga joriy yilning avgust oyida Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beriladi.

2020-yilning 30-iyun holatiga koʻra, respublikamiz boʻyicha jami 1155 nafar nomzod dastlabki tanlovlarda ishtirok etgan boʻlsa, shundan 765 nafari sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan.

Qolgan hududlarda dastlabki tanlov tadbirlari davom ettirilmoqda.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech