FVV ogohlantiradi:
7 avgust kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 35-40*S issiq bo'ladi.

Diqqat: eʼlon!

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti 2020-yil iyun oyining 3-dekadasida Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza kafedrasi o‘qituvchisi lavozimiga eʼlon qilingan tanlov muddatini yana 5 iyul kuniga qadar uzaytiradi.

Tanlovda tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy maʼlumotga (magistr, diplomli mutaxassis) ega, o‘qituvchilik kasbi bo‘yicha kamida 1 yillik yoki ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlarida 3 yillik tajribasi bor bo‘lgan mutaxassislar qatnashishi mumkin.

         Tanlovda qatnashishni xohlovchilar institut boshlig‘i nomiga ariza va unga ilova sifatida quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa;
  • oliy maʼlumot to‘g‘risidagi diplomlar nusxasi;
  • ilmiy daraja (shu jumladan, fan doktori, falsafa doktori, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga) egaligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • ilmiy unvonga egalik to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • ilmiy ishlar (monografiya, maqola, tezis va maʼruza) va ixtirolar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning tegishli diplomlari, attestatlar nusxalari
  • ilmiy ishlar nusxasi va ro‘yxati;
  • malaka oshirish to‘g‘risidagi guvohnomalar nusxasi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2020-yil 5-iyulga qadar qabul qilinadi. Manzil: Toshkent viloyati Qibray tumani Geofizika qo‘rg‘oni Аnaybuloq ko‘chasi 3-uy. Telefonlar: 71-266-50-23, 71-266-50-36, 71-266-50-27.

 

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech