FVV ogohlantiradi:
7 iyul kuni O'zbekiston hududida ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39*S issiq bo'ladi.

Diqqat: eʼlon!

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti 2020-yil iyun oyining

3-dekadasida Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza kafedrasi o‘qituvchisi lavozimiga tanlov eʼlon qiladi.

Tanlovda tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy maʼlumotga (magistr diplomli mutaxassis) ega, o‘qituvchilik kasbi bo‘yicha kamida 1 yillik yoki ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlarida 3 yillik tajribasi bor bo‘lgan mutaxassislar qatnashishi mumkin.

 

Tanlovda qatnashishni xohlovchilar institut boshlig‘i nomiga ariza

va unga ilova sifatida quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa;

oliy maʼlumot to‘g‘risidagi diplomlar nusxasi;

ilmiy daraja (shu jumladan, fan doktori, falsafa doktori, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga) egaligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

ilmiy unvonga egalik to‘g‘risidagi guvohnoma;

ilmiy ishlar (monografiya, maqola, tezis va maʼruza) va ixtirolar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning tegishli diplomlari, attestatlar nusxalari

ilmiy ishlar nusxasi va ro‘yxati;

malaka oshirish to‘g‘risidagi guvohnomalar nusxasi.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2020-yil 25-iyunga qadar qabul qilinadi. Manzil: Toshkent viloyati Qibray tumani Geofizika qo‘rg‘oni Аnaybuloq ko‘chasi 3-uy. Telefonlar: 71-266-50-23, 71-266-50-36,

71-266-50-27

 

Fuqaro muhofazasi instituti maʼmuriyati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech