Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

111 nafar fuqaroning hayoti saqlab qolindi

Joriy yilning 25 may kuni soat 14:07da Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Guliston shahar “Na'muna” mahallasi Sayxun ko‘chasi 17-uyda joylashgan "Ideal Study" nodavlat ta'lim muassasasida yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Mazkur vaziyat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida binoda qolib ketgan 111 nafar o‘quvchi hamda o‘qituvchilar xavfsiz hududga evakuasiya qilindi. Shuningdek, qutqaruvchilarning sa'y-harakatlari tufayli binoning 1600 m.kv. maydoni yong‘indan asrab qolindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech