FVV ogohlantiradi:
7 iyul kuni O'zbekiston hududida ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39*S issiq bo'ladi.

QOZOG‘ISTON SHIMOLIDA, SHARQIDA VA MARKAZIDA KUCHLI SOVUQ BO‘LISHI KUTILMOQDA

O’zbekiston Respublikasi FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazining xabari:

www.gismeteo.kz saytining malumotiga asosan Qozog‘istonning shimoliy, sharqiy va markaziy viloyatlarida kuchli sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Qozog‘istonning markaziy viloyatlarida ob-havo o'zgaruvchan, kuchli shamol esadi, harorat kunduzi −30...-33°C, kechasi −34...-37°C boladi. Qozog‘istonning shimoliy viloyatlarida ob-havo o'zgaruvchan, kuchli shamol esadi, harorat kunduzi −34...-37°C, kechasi −39...-42°C boladi. Sharqiy Qozog‘istonda ob-havo o'zgaruvchan, kuchli shamol esadi, harorat kunduzi −30...-33°C, kechasi −33...-36°C boladi. Shu munosabat bilan BO‘RON OGOHLANTIRUVI e’lon qilingan.

Qozog‘istonning shimoliy, sharqiy va markaziy viloyatlariga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga vaqtinchalik yo‘lovchi avtobus va shaxsiy avtotransport vositalaridan foydalanmasliklarini iltimos qilamiz.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech