Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan
olingan ma’lumotga asosan, joriy yilning 22 oktyabr kuni soat 08:05larda Beruniy tumani hududidan o‘tuvchi A-380 “Buxoro-Nukus-Beruniy” avtomobil yo‘lining 680 km da harakatlanib ketayotgan “Neksiya” rusumli, d/r 95 E 960 GA avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “Kobalt” rusumli d/r 95 313 NAA avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.
YTH natijasida 5 nafar fuqaro vafot etgan va 5 nafar fuqaro tan jarohati olgan.
Jarohatlangan fuqarolar Beruniy tumani kasalxonasiga yotqizilgan.
Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Matbuot xizmati